Logo

Turkiyalik ishbilarmonlar Sirdaryodagi EIZga katta qiziqish bildirdi

Yanvar 01, 2026. 11:06 • 45 soniya

182
Turkiyalik ishbilarmonlar Sirdaryodagi EIZga katta qiziqish bildirdi

ANQARA, 2-yanvar. /“Dunyo” AA/. Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi va Sirdaryo viloyati hokimligi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytirish masalasiga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Onlayn uchrashuvda Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi, Turkiya–O‘zbekiston qo‘mitasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi vakillari hamda yirik turk investorlari ishtirok etdi.

Vebinarning asosiy maqsadi – Sirdaryo viloyatidagi savdo-iqtisodiy, turizm, qurilish, investitsiyaviy hamda boshqa sohalardagi mavjud imkoniyatlarni turkiyalik ishbilarmonlarga keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Hududning avtomobilsozlik, metallurgiya, qurilish materiallari, logistika va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar muhokama qilindi. Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi (EIZ)dagi imtiyozlar haqida maʼlumot berildi. Turkiyalik ishbilarmonlar Sirdaryodagi EIZga katta qiziqish bildirdi.

Vebinar yakunida Sirdaryo viloyatida korxona tashkil qilish borasidagi preferensiyalar, erkin iqtisodiy zonalar, eksport imkoniyatlari kabi qator sohalar bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi. Kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish