O‘zbekiston elchisi Vengriyadagi yirik tamaki kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi
Mart 22, 2026. 17:30 • 2 daq
• 110
SHATORALYAUYXEY, 24-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning “Continental Tobacco Group” kompaniyasining Borshod-Abauy-Zemplen viloyati, Shatoralyauyxey shahrida joylashgan ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif doirasida elchi kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari hamda mintaqadagi yirik tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida faoliyatini tashkil etish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Kompaniya rahbariyati tomonidan asosiy faoliyat yo‘nalishlari, zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda istiqboldagi rivojlanish rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, “Continental Tobacco Group” tamaki sanoatida faoliyat yurituvchi dunyodagi yirik xususiy kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Uchrashuvlar davomida “Continental Tobacco Group” hamda O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar mavjud, ammo hali to‘liq ishga solinmagan salohiyatni samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi.
Tashrif yakunida tomonlar ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish va amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi