Logo

Polsha kompaniyalarning O‘zbekistonda biznes yuritishga qiziqishi ortib borayotgani ta’kidlanmoqda

Mart 20, 2026. 11:46 • 2 daq

152
Polsha kompaniyalarning O‘zbekistonda biznes yuritishga qiziqishi ortib borayotgani ta’kidlanmoqda

VARSHAVA, 24-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha prezidenti kanselyariyasi Xalqaro siyosat byurosi rahbari Marchin Pshidach bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida Polsha prezidentining Markaziy Osiyo bo‘yicha maslahatchisi Radoslav Gruk ham ishtirok etdi. Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Marchin Pshidach O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim va istiqbolli sherik sifatida e’tirof etib, rasmiy Varshava Toshkent bilan barcha jabhalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini alohida qayd etdi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy yo‘nalishdagi aloqalarga alohida urg‘u berildi. Polsha tomoni vakilining so‘zlariga ko‘ra, polyak kompaniyalari orasida O‘zbekiston bozoriga kirish va bu yerda qo‘shma biznes loyihalarini amalga oshirishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.

Muzokaralar yakunida tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan doimiy muloqotni davom ettirish va yaqin istiqboldagi qo‘shma tadbirlar rejasini kelishib oldi.

Ushbu uchrashuv O‘zbekiston–Polsha o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish