Logo

Tojikiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

Mart 26, 2026. 14:17 • 44 soniya

89
Tojikiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

TOSHKENT, 26-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bugun davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston yetakchisini “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Bugun ikki tomonlama muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish