Logo

O‘zbekiston Prezidenti iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchini qabul qildi

Fevral 23, 2026. 21:00 • 36 soniya

119
O‘zbekiston Prezidenti iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchini qabul qildi

TOSHKENT, 23-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, maslahatchining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, umumtaʼlim muassasalari salohiyati va investorlar bilan strategik kommunikatsiyani rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Iqtisodiy islohotlar, davlat boshqaruvi, taʼlim sohalaridagi ilg‘or xalqaro tajriba va strategik rejalashtirish amaliyotini izchil joriy etish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimiz investitsiya salohiyatini targ‘ib qilishni yanada kengaytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish