Logo

O‘zbekiston Prezidentining AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

Fevral 20, 2026. 02:50 • 50 soniya

94
O‘zbekiston Prezidentining AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

TOSHKENT, 20-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida nutq so‘zladi va G‘azo sektorini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qayta tiklash hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti AQSh savdo vaziri Xovard Latnik, AQSh savdo vakili Jeymison Grir, Eksimbank prezidenti va raisi Jon Yovanovich va Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida mamlakatimiz yetakchisi bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi. Tadbirda AQSh hukumati, yirik kompaniyalari va moliya institutlarining yuqori darajali vakillari hamda videoaloqa orqali O‘zbekiston hududlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. Aeroportda davlatimiz rahbari va rafiqasini AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish