O‘zbekiston Prezidenti Tokio shahrida Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi spikeri bilan uchrashdi
Dekabr 19, 2025. 10:19 • 39 soniya
• 87
TOSHKENT, 19-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Tokio shahriga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya Parlamentining Vakillar palatasi spikeri Fukushiro Nukaga bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston – Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat parlament delegatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro tashrif va uchrashuvlar faol tus olgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlarda do‘stlik guruhlari faol ish olib bormoqda. May oyida Tokioda navbatdagi parlamentlararo forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Parlamentlarning qo‘mitalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va Yaponiya prefekturalari assambleyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish muhimligi taʼkidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi