Namanganda IV Xalqaro asal festivali bo'lib o'tdi
Oktabr 27, 2025. 11:31 • 30 soniya
• 432
NAMANGAN, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 24-26-oktyabr kunlari Namangan shahridagi "Afsonalar vodiysi" tematik bog'ida IV Xalqaro asal festivali bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning O'sh shahridagi Bosh konsulxonasi ko'magida mazkur festivalda qirg'izistonlik asal ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarning ishtiroki uyushtirildi.
Qo'shni yurt vakillari O'zbekistonda asalarichilik sohasini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar va mamlakatimiz hukumati tomonidan sohaga qaratilayotgan e'tibor bilan yaqindan tanishdi.
Festival doirasida qirg'izistonlik tadbirkorlar O'zbekiston, Tojikiston, Xitoy va Rossiya tomoni bilan muzokaralar o'tkazdi.
Qirg'iziston asalarichilari tomonidan yetishtirilgan asal mahsulotlari Namangan aholisi va mehmonlarida manzur keldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi