Shvetsiya bilan “Team Sweden” tizimi doirasida istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi
Mart 04, 2026. 11:05 • 47 soniya
• 157
STOKGOLM, 5-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov Shvetsiya eksport-kredit agentligi (EKN) bosh direktori Oke Norlander bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda EKNeksport-kredit mexanizmidan foydalangan holda Shvetsiya bilan o‘zaro savdo va investitsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, mamlakatimizning xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yana-da yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar barqaror energetika, muhim minerallar, suv xo‘jaligi infratuzilmasi, energiya samaradorligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida agentlik bilan “Team Sweden” tizimi doirasida istiqbolli loyihalarni ilgari surish va institusional muloqotni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi