Logo

Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi

Dekabr 08, 2025. 14:16 • 2 daq

129
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi

SEUL, 8-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi Elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Madaniy tadbirda Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston yoshlari assotsiatsiyasi vakillari, ushbu davlatda mehnat qilayotgan va o‘qiyotgan vatandoshlar hamda “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Konstitutsiyasining ahamiyati, uning fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tildi. Asosiy qonunda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va mamlakatning ochiq, o‘zaro manfaatli tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari aks ettirilgani taʼkidlandi.

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Alisher Abdusalomov ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, Konstitutsiyasining qonun ustuvorligini taʼminlash, mamlakat ichkarisida va tashqarisida fuqarolarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni borasida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda “Dunyo” axborot agentligi tomonidan tayyorlangan Konstitutsiyaning mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda O‘zbekistonning yangi qiyofasini shakllantirishdagi ahamiyati haqidagi axborot materiali taqdim etildi.

Tadbir davomida Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan ularning huquq va erkinliklarni taʼminlash borasida konsullik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida suhbat bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston–Koreya hamkorligi taʼlim va mehnat migratsiyasi sohalarida jadal rivojlanib borayotgani, ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani qayt etildi.

Uchrashuvda yurtimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar xorijda yashayotgan va ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqiy kafolatlarini yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish