Toshkentda shvetsiyalik ekspertlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi
Aprel 24, 2026. 14:26 • 2 daq
• 76TOSHKENT, 23-aprel. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda Shvetsiya milliy savdo kengashi yetakchi ekspertlari tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun savdo va xalqaro standartlar bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”AA muxbiri.
Mazkur seminar-treningda O‘zbekistonning qator vazirlik va idoralari, jumladan, Texnik tartibga solish agentligi, Bandlik, Favqulodda vaziyatlar, Qishloq xo‘jaligi, Transport, Sog‘liqni saqlash, Raqamli texnologiyalar, Energetika va Qurilish vazirliklari hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Xorijlik ekspertlar xalqaro amaliyot asosida texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholash mexanizmlari haqida alohida so‘z yuritdi. Xususan, shvetsiyalik mutaxassislar Skandinaviya davlatlari savdo siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalib, o‘zbekistonlik eksportchilar uchun to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan ushbu bozorga chiqish imkoniyatlari xususida kerakli tavsiyalar berdi.
Muloqotlar yakunida ishtirokchilar savdo siyosatini xalqaro standartlarga moslashtirish va texnik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdi. Tomonlar kelgusida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



