Logo

“TRT-Avaz”: 14-yanvar – Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiyalardan biri tashkil topgan kun

Yanvar 14, 2026. 08:15 • 57 soniya

224
“TRT-Avaz”: 14-yanvar – Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiyalardan biri tashkil topgan kun

ANQARA, 14-yanvar. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning “TRT-Avaz” axborot portalida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 34 yilligiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Manbada maʼlum qilinishicha, shu munosabat bilan Toshkentda bayram arafasida tantanali parad bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekistonda 1993-yildan beri nishonlanib kelinayotgan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni nafaqat harbiy xizmatchilar, balki mamlakat xavfsizligini taʼminlovchi barcha uchun katta ahamiyatga ega.

“Shaharning asosiy ko‘chalari askarlarning viqorli qadam tashlashlari va marshlar sadolari bilan aks-sado berdi. Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti oldida boshlangan tantanali parad Toshkent ko‘chalariga bayramona ruh bag‘ishladi. Ofitserlar, kursantlar va Qurolli Kuchlarning turli bo‘linmalari vakillari ishtirok etgan paradga otliq bo‘linma ham hamrohlik qildi. Poytaxt aholisi esa harbiy paradni katta qiziqish bilan kuzatib bordi”, deb yozdi turk nashri.

Maqolada qayd etilishicha, Vatan himoyachilari kuni nafaqat harbiy xizmatchilar, balki mamlakat tinchligini taʼminlaydigan barcha bo‘linma va faxriylar uchun katta ahamiyatga ega. 1992-yilda parlament qarori bilan O‘zbekiston hududidagi barcha harbiy qismlar va harbiy tuzilmalarni respublika tasarrufiga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu kun bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiyalardan birining shakllanish sanasi hisoblanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish