Bugun dunyoda: Xorijiy OAV sharhi qisqa satrlarda
Fevral 06, 2026. 14:46 • 3 daq
• 39
BAA poytaxtida uch davlat delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga yetdi
Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh davlat delegatsiyalari yopiq formatda uchrashdi. Kiyevda muzokaralar qiyin, biroq konstruktiv o‘tgani aytildi. Harbiy asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Manba: Deutsche Well
***
Saudiyadagi Six Flags megaloyihasi rasman ochildi
Six Flags Qiddiya City ulkan Qiddiya loyihasining bir qismi bo‘lib, uning maqsadi Arabiston cho‘lining katta hududini dunyodagi eng yirik ko‘ngilochar va turizm markazlaridan biriga aylantirishdir. Majmua mamlakat poytaxti Ar-Riyod yaqinida joylashgan bo‘lib, kelajakda u yerda kibersport arenasi, stadion va akvapark ham bo‘lishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihani qurish taxminan to‘rt yil davom etgan, majmua maydoni esa qariyb 32 gektarni tashkil qiladi. Bu hududda restoranlar, savdo zonalari va, albatta, attraksionlar joylashgan.
Manba: Naked-science
***
Bitkoin narxi kiskin ravishda tushib ketdi
Bitkoin kriptovalyutasining kursi qariyb ikki baravar arzonga – 62 345 dollargacha tushdi. Bu 2025-yil oktyabridagi eng yuqori ko‘rsatkichdan qariyb ikki baravar past. O‘sha paytda Binance birjasida bitkoin narxi 126 199 dollarga yetgan edi. Bir hafta ichida bitkoin qariyb 20 foizga arzonlashdi. Ilgari “raqamli oltin” deb qaralgan ushbu aktivga investorlar ishonchi keskin kamaymoqda.
Manba: Binance
***
“Google”ning yillik daromadi 400 milliard dollardan oshdi
“Google”ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasi tarixda birinchi marta yillik daromadi 400 milliard dollardan oshganini qayd etdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, bu 2025-yilning to‘rtinchi choragi uchun moliyaviy hisobotda keltirilgan, “Google”ning “Cloud” (Bulut) biznesining kengayishi va “YouTube”ning o‘sishi tufayli ko‘rsatkich yillik hisobda 15 foizga oshgan
Manba: The Verge
***
Amerikada sunʼiy intellekt oqibatida 75 ming kishi ishsiz qoldi
Texnologiyalarni optimallashtirish va sunʼiy intellektni (SI) rivojlantirish natijasida Amerika kompaniyalari o‘n minglab xodimlarni ishdan bo‘shatdi. Ishsiz qolgan xodimlar soni Challenger, Gray & Christmas tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda keltirilgan. 2025-yil yakuniga ko‘ra, 75 mingdan ortiq kishi ishdan bo‘shatilgan. Yil davomida eng ko‘p qisqartirishlar davlat xarajatlarini optimallashtirish doirasida amalga oshirilgan.
Manba: RIA Novosti
***
2025-yilda 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘ragan
2025-yilda O‘zbekistonning 176 nafar fuqarosi Rossiyadan boshpana so‘ragan. Maʼlumotlarga ko‘ra, 2025-yilning 12 oyi davomida 3 332 nafar Ukraina fuqarosi Rossiyada ularga boshpana berish to‘g‘risida ariza topshirgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 390 kishiga kam bo‘lib, o‘sha yili Rossiyada boshpana so‘rab 3 722 nafar kishi murojaat qilgan.
Manba: TASS
***
Qorabog‘ning sobiq prezidenti umrbod qamaldi
Boku harbiy sudi tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq prezidenti Araik Arutyunyanni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Araik Arutyunyan 2020 yildan 2023 yil avgust oyining oxirigacha mamlakat rahbari lavozimida faoliyat yuritgan
Manba: APA
***
AQSH fuqarolarini hoziroq Eronni tark etishga chaqirdi
AQSHning Erondagi virtual elchixonasi o‘z fuqarolarini imkoni boricha tezroq Eronni tark etishga chaqirdi. Bu xabar ikki davlat o‘rtasidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tobora keskinlashayotgan bir paytda eʼlon qilindi.
Manba: ir.usembassy.gov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
