O‘zbekistonlik pianinochi AQShdagi mashhur sanʼat markazida konsert berdi
Fevral 06, 2026. 14:48 • 40 soniya
• 63VASHINGTON, 6-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonlik pianinochi Behzod Abduraimov ilk bor AQShdagi mashhur Kennedi-Tramp nomidagi sanʼat markazida Amerika Milliy simfonik orkestri va uning bosh dirijyori – italiyalik maestro Djanandrea Nozeda bilan hamkorlikda uch kunlik konsert dasturini namoyish qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu konsert dasturining asosiy maqsadi – O‘zbekistonning madaniy merosi, milliy sanʼati va turizm salohiyatini AQSh jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Elchixona diplomatlari konsertning dastlabki kuni AQSh rasmiy doiralari hamda vatandoshlarni konsert dasturiga taklif etib, O‘zbekiston hukumati nomidan rasmiy qabul marosimini tashkil etdi.
Mazkur tadbir O‘zbekistonning ijobiy xalqaro imijini mustahkamlash, mamlakatning madaniyat va turizm salohiyatini targ‘ib etish hamda O‘zbekiston–AQSh o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



