Logo

2025-yilning 11 oyida o‘zbekistonliklar taʼlimga 34 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladilar

Yanvar 02, 2026. 12:55 • 2 daq

16
2025-yilning 11 oyida o‘zbekistonliklar taʼlimga 34 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladilar

 TOSHKENT, 2-yanvar. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston inson kapitaliga investitsiyalarni ko‘paytirishda davom etmoqda. 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida taʼlim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 34,2 trillion so‘mga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga ko‘pdir.

Taʼlim xizmatlariga bo‘lgan talabning o‘sishi mamlakatning barcha hududlarida kuzatilmoqda. Xarajatlar bo‘yicha anʼanaviy tarzda Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi — poytaxtda taʼlim xizmatlari hajmi 16,6 trillion so‘mni tashkil etdi, bu respublika umumiy ko‘rsatkichining qariyb yarmi demakdir.

Shuningdek, quyidagi hududlar ham salmoqli hissa qo‘shdilar:

- Samarqand viloyati — 2,5 trillion so‘m;

- Farg‘ona viloyati — 2,2 trillion so‘m;

- Andijon, Buxoro va Namangan viloyatlari — har biri 1,7 trillion so‘mdan;

- Toshkent viloyati — 1,6 trillion so‘m;

- Qashqadaryo viloyati — 1,5 trillion so‘m;

- Surxondaryo viloyati — 1,2 trillion so‘m;

- Xorazm viloyati — 1,1 trillion so‘m;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 trillion so‘m.

Eng kam xizmat ko‘rsatish hajmi quyidagi viloyatlarda qayd etildi:

- Jizzax viloyati — 532,3 milliard so‘m;

- Navoiy viloyati — 438,5 milliard so‘m;

- Sirdaryo viloyati — 343,7 milliard so‘m.

Ekspertlarning fikricha, taʼlim xarajatlarining barqaror o‘sishi aholining bilim sifati va professional tayyorgarlikka bo‘lgan eʼtibori ortib borayotganidan dalolat beradi. Shakllanayotgan talab taʼlim dasturlarini modernizatsiya qilish va o‘qitish sohasida xususiy sektorni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish