Logo

Muammoli vaziyatga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi

Yanvar 22, 2026. 09:17 • 2 daq

352
Muammoli vaziyatga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi

ISTANBUL, 23-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, elchixona, Migratsiya va Ijtimoiy himoya milliy agentliklari hamkorligida onasi vafotidan so‘ng ota-ona qarmog‘isiz qolib ketgan va Turkiyadagi bolalar uyiga joylashtirilgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maʼlum bo‘lishicha, Turkiyadagi vatandoshimiz mahalliy shifoxonalardan birida farzandini dunyoga keltirgan. Biroq ona ko‘p o‘tmay kasallik tufayli vafot etgan. Shundan so‘ng, chaqaloq bir necha yil davomida suriyalik va o‘zbekistonlik ayollar tomonidan parvarish qilingan.

Bir muddat vaqt o‘tgandan keyin ota-ona qarmog‘isiz qolgan bola xolasiga topshirilgan. Ammo bolaning tug‘ilganlik bo‘yicha hech qanday hujjati bo‘lmagani sababli voyaga yetmagan fuqaro sifatida davlat tomonidan majburiy ravishda Istanbul shahrida joylashgan bolalar uyiga joylashtirilgan.

Opasining o‘g‘lini vasiy sifatida o‘z qarmog‘iga olish talabi voyaga yetmagan fuqaroga oid hujjatlarning yo‘qligi sababli bolalar uyi maʼmuriyati tomonidan rad etilgan.

Bosh konsulxona va Elchixona tomonidan tegishli davlat idoralari bilan olib borilgan qator muzokaralar davomida, advokatlar jalb qilingan holda Turkiya sudi tomonidan bolaning xolasi qarmog‘iga o‘tkazish bo‘yicha qaror chiqarilishiga erishildi.

Muammoli vaziyatlar hal etilgandan so‘ng yurtdoshlarimiz uchun “Vatanga qaytish guvohnomasi” Bosh konsulxona tomonidan rasmiylashtirib berildi va ular O‘zbekistonga qaytarildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari ota-ona qarmog‘isiz qolgan va xolasi qo‘liga o‘tgan bolaga yashashi, taʼlim-tarbiyasi hamda uning manfaatlari qonunchilik doirasida, o‘rnatilgan tartibda taʼminlanishini maʼlum qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish