Logo

O‘zbekiston va Qozog‘iston professional ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda

Mart 23, 2026. 14:30 • 2 daq

234
O‘zbekiston va Qozog‘iston professional ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda

OQTOV, 24-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari “APEC Training Center” o‘quv markazi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Migratsiya agentligi, O‘zbekiston Kasb-hunar ta’limi agentligi hamda Quvasoy shahar texnikumi vakillari ham ishtirok etdi.

Tomonlar O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limini tashkil etish, ichki va tashqi mehnat bozori uchun mutaxassislar tayyorlash, kollejlarda o‘qitishning texnik yo‘nalishlarini joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida Migratsiya agentligi tomonidan yurtimizda “APEC Training Center” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. O‘z navbatida, Kasb-hunar ta’limi agentligi markaz tajribasini mamlakatimiz kasb-hunar kollejlari tizimiga joriy etish masalalarini ishlab chiqishga tayyorligini qayd etdi.

Quvasoy shahar texnikumi ham “APEC Training Center” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi. Tomonlar axborot almashish va hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

“APEC Training Center” 2017-yildan buyon G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida neft-gaz, tog‘-kon sanoati, qurilish va boshqa sohalar uchun turli darajadagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan yetakchi innovasion o‘quv markazlaridan biri hisoblanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish