“Asdaa Oman” gazetasi: Jahon banki O‘zbekiston yo‘llarini rekonstruksiya qilish uchun 200 million dollar ajratdi
Aprel 07, 2026. 09:31 • 2 daq
• 164
MASKAT, 7-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘mondagi nufuzli “Asdaa Oman” gazetasida “Jahon banki O‘zbekiston yo‘llarini rekonstruksiya qilish uchun 200 million dollar ajratdi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, Jahon banki tomonidan Surxondaryo viloyatidagi M41 mintaqaviy avtomagistralini rekonstruksiya qilish uchun 200 million AQSh dollari ajratilgani qayd etilgan.
Loyiha doirasida 91 kilometrlik yo‘lning muayyan qismi qayta qurilib, ikki qatorli yo‘l zamonaviy to‘rt qatorli avtomagistralga aylantirilishi rejalashtirilgan. Ushbu yo‘l O‘zbekistonni Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘lagi hisoblanishi qayd etilgan.
Ushbu loyiha ko‘ra, yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, 180 ga yaqin ko‘prik va suv o‘tkazish inshootlarini qurish va rekonstruksiyalash, zamonaviy avtobus bekatlarini barpo etish hamda xavfsizlikni oshirish choralari ko‘zda tutilgan. Yo‘l foydalanuvchilari soni kunlik 35 ming nafarga yetishi, harakat tezligi esa 65 km/soatdan 90 km/soatgacha oshishi kutilmoqda.
Eʼlon qilingan materialda taʼkidlanishicha, mazkur loyiha transport infratuzilmasini rivojlantirish, milliy multimodal transport strategiyasini ishlab chiqish, temir yo‘l sohasida korporativ boshqaruv va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan. Ushbu tashabbus mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish, savdo va turizmni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi