O‘zbekiston hududlari va Rossiyaning Ural federal okrugi o‘rtasida qurilish sohasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi
Aprel 15, 2026. 20:00 • 2 daq
• 132YEKATERINBURG, 15-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Ural federal okrugi vakillari bilan qurilish sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur uchrashuv Sverdlovsk viloyati qurilish sanoati ittifoqi Ish beruvchilar mintaqaviy tarmoq birlashmasi uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Muloqot jarayonida Sverdlovsk viloyati Qurilish sanoati uyushmasi direktori Tatyana Bessonova hamda Xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakili so‘z yuritib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish va loyihalashtirish yo‘nalishidagi kompaniyalar vakillari hamda Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari xodimlari onlayn tarzda qatnashib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv davomida qurilish sohasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Sverdlovsk viloyati sanoat korxonalariga O‘zbekistondan mehnat resurslarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hududlarning investitsiyaviy salohiyati, biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar hamda investorlarni qo‘llab-quvvatlashning amaldagi mexanizmlari haqida taqdimotlar o‘tkazdi.
Davra suhbati yakunida ikki mamlakat hududlari o‘rtasida investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida Sverdlovsk viloyati qurilish kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonning Farg‘ona va Andijon viloyatlariga biznes missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

