Logo

Vengriyaning Etnografiya muzeyida O‘zbekiston madaniy merosining birinchi ko‘rgazmasi tayyorlanmoqda

Mart 15, 2026. 11:00 • 2 daq

129
Vengriyaning Etnografiya muzeyida O‘zbekiston madaniy merosining birinchi ko‘rgazmasi tayyorlanmoqda

BUDAPESHT, 15-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Budapesht shahrida Vengriya etnografiya muzeyi bosh direktori Layosh Kemechi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Vengriya madaniy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Vengriyada O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini ommalashtirishga qaratilgan qo‘shma madaniy loyihalarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Vengriya Etnografiya muzeyi va O‘zbekiston madaniyat muassasalari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Vengriya tomoni Vengriya Etnografiya muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan birinchi ko‘rgazmani tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Suhbatdoshlar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi muzey va madaniy almashinuvni yana-da kengaytirish muhimligini taʼkidladilar, shuningdek, madaniy merosni saqlash va ommalashtirish sohasida amaliy hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Yakunda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni mustahkamlash va do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan madaniy tashabbuslarni tayyorlash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish