Logo

O‘zbekiston elchisi Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligida muzokaralar o‘tkazdi

139
O‘zbekiston elchisi Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligida muzokaralar o‘tkazdi

BUDAPESHT, 13-mart. /“Dunyo” AA/. Budapeshtda O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov hamda Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Adam Shtifter o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomonlar 2026-yilda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, turli darajadagi o‘zaro tashriflar va madaniy tadbirlarni o‘tkazish istiqbollarini muhokama qildilar.

Siyosiy muloqotni mustahkamlash, ikki tomonlama hujjatlarni kelishishni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish va strategik sheriklikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish