O‘zbekiston elchisi Polsha Chegara xizmati rahbari bilan uchrashdi
Mart 14, 2026. 14:30 • 2 daq
• 130
VARSHAVA, 14-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha chegara xizmati bosh komendanti, general Robert Bagan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida chegaradagi logistik koridorlarning faoliyati, transport-logistika, mehnat migratsiyasi sohalaridagi hamkorlikni faollashtirish va ikki mamlakat chegara qo‘shinlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida O‘zbekiston va Polshani bog‘laydigan transport koridorlarining to‘laqonli tarzda faoliyat yuritishi muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib o‘tildi.
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni faollashtirida O‘zbekistondan Polshaga tartibli tarzda mehnat muhojirlarni jalb etish hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekanligi taʼkidlandi.
Shuningdek, muzokaralar davomida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Polsha chegara xizmati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi