O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasida banklararo hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi
Dekabr 10, 2025. 12:27 • 40 soniya
• 101
TOSHKENT, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston davlat banki raisi Jamil Ahmad bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi banklararo munosabatlar, to‘lov tizimlari sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ikki mamlakat banklari o‘rtasida tajriba almashish va xodimlarning o‘zaro malaka oshirishlari kabi keng qamrovli masalalar muhokama qilindi.
Jamil Ahmad Pokistonning yirik banklari O‘zbekiston banklari bilan hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. U, shuningdek, bank sohasidagi masalalarni hal etishda Pokiston Bosh vazirining sanoat va ishlab chiqarish bo‘yicha maxsus yordamchisi Xarun Axtar Xan boshchiligidagi delegatsiyaning shu yil 15–17-sentyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosiga eʼtibor qaratdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida Pokiston davlat banki va O‘zbekiston Markaziy banki mutasaddilari o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokiston bilan charmsanoat bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Germaniya bilan innovatsiya sohasida yangi loyihalar yo‘lga qo‘yiladi