Logo

Toshkentda “Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan” xalqaro mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Mart 27, 2026. 11:16 • 2 daq

127
Toshkentda “Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan” xalqaro mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

TOSHKENT, 27-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston poytaxtida Afg‘oniston Savdo va investitsiya palatasi tomonidan tashkil etilgan “Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan” (Made in Afghanistan) nomli yirik mahsulotlar ko‘rgazmasi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Afg‘onistonning «Ariana News» telekanali yangiligiga tayanib.

BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan moliyalashtirilayotgan ushbu ko‘rgazma Afg‘onistonning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini namoyish etish hamda mintaqaviy savdo aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Ko‘rgazmada afg‘onistonlik tadbirkorlar va eksportyorlar tomonidan 60 dan ortiq savdo rastalari tashkil etildi. Ekspozitsiyadan Afg‘onistonning dunyoga mashhur qo‘l mehnati mahsulotlari — ipak va jun gilamlar, zafaron, qarag‘ay yong‘oqlari, quritilgan meva va sabzavotlar, shuningdek, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, paxta mahsulotlari hamda salqin ichimliklar o‘rin olgan.

Savdo palatasi vakillarining taʼkidlashicha, mazkur tadbir Afg‘oniston va mintaqa mamlakatlari, xususan, O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rgazma doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va yangi eksport shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan.

“Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan” ko‘rgazmasi joriy yilning 27 mart kuniga qadar davom etadi. Tashrif buyuruvchilar afg‘on xalqining boy madaniyati va hunarmandchilik

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish