Logo

Tokioda O‘zbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Dekabr 20, 2025. 17:47 • 31 soniya

191
Tokioda O‘zbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 20-dekabr. /“Dunyo” AA/. Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, bugun “Kantey” qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi sharafiga Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi nomidan qabul marosimi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari, ishbilarmon doiralari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.

Mamlakatimiz yetakchisi va Yaponiya hukumati rahbari bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalaridan, ularning yakunida ikki tomonlama aloqalar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganidan mamnuniyat bildirdilar.

O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlarini bundan buyon ham mustahkamlashga intilish qatʼiy ekani taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish