Logo

Tokio shahrida O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Dekabr 20, 2025. 16:01 • 25 soniya

187
Tokio shahrida O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 20-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun “Kantey” qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi O‘zbekiston Prezidentini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi.

Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar va rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushildi.

Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish