O'zbekistonda 21 milliondan ziyod aholi mehnatga layoqatli yoshda
Avgust 15, 2025. 12:10 • 29 soniya
• 153
TOSHKENT, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. 2025-yil 1-iyul holatiga ko'ra, O'zbekistonning doimiy aholisi 37,9 million kishini tashkil etmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, ulardan 12,2 million kishi (32,2 foiz) mehnatga layoqatli yoshdan kichik, 21,2 million kishi (56 foiz) mehnatga layoqatli yoshda va 4,5 million kishi (11,8 foiz) mehnatga layoqatli yoshdan kattadir.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, mehnatga layoqatli aholining yuqori ulushi mamlakat uchun "demografik bonus" bo'lib, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va O'zbekistonda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish uchun muhim manba hisoblanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Ayollarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bo'yicha konferensiya tashkil etildi