Pekindan munosabat: Xitoy auditoriyasini O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlar bilan tanishtirishga tayyormiz
Yanvar 19, 2026. 09:23 • 1 daq
• 136
PEKIN, 19-yanvar. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Psearcher” nashriyot kompaniyasi menejeri Van Minmey “Dunyo” AA uchun O‘zbekiston Prezidenti raisligida 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha fikr bildirdi:
– O‘zbekiston yetakchisining tashqi siyosat va elchixonalar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi maʼruzasi bilan yaqindan tanishib chiqdim.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston fuqarolarini xorijda qonuniy va yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan taʼminlash, uyushgan mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. Bu esa fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, malakali yuridik yordam ko‘rsatishga qay darajada eʼtibor qaratilayotganidan yaqqol dalolat beradi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston rahbari xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan tizimli ishlash va maxsus media-loyihalarni amalga oshirish orqali tashqi axborot siyosatini faollashtirish va mamlakatning xalqaro imijini oshirishga alohida eʼtibor qaratdi.
Xitoy ommaviy axborot vositalari vakili sifatida O‘zbekistonning xalqaro jamoatchilikni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risidagi muhim maʼlumotlar bilan xabardor qilish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholayman. Natijada, yetakchi ommaviy axborot vositalari o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirlar, O‘zbekistonning mintaqa va jahon taraqqiyotiga qaratilgan muhim tashabbuslari haqida hikoya qilmoqda.
Nashrimiz xitoylik auditoriyani O‘zbekistondagi barcha sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar bilan tanishtirishda yordam berishga tayyor.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
