Logo

Tojikistondan munosabat: Yangi formatsiya diplomatiyasi O‘zbekistonda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Yanvar 19, 2026. 11:27 • 2 daq

109
Tojikistondan munosabat: Yangi formatsiya diplomatiyasi O‘zbekistonda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

DUSHANBE, 19-yanvar. /“Dunyo” AA/. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Falsafa, siyosatshunoslik va huquq instituti ilmiy xodimi Viktor Kim “Dunyo” AA uchun O‘zbekiston Prezidenti raisligida 15-yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlarini yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etdi:

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishni vazirlik faoliyatida yangi strategiyaga o‘tishni anglatuvchi muhim voqea sifatida belgilash mumkin.

Davlat rahbari tashqi siyosiy faoliyatning yangi yo‘nalishi va yangi formatsiya diplomatlarining vaqtini belgilab beruvchi uchta muhim omilga eʼtibor qaratdi.

Birinchi omil – dunyoda keskin geosiyosiy o‘zgarishlar va davlatlar suverenitetiga tahdidlarning kuchayishi sharoitida” ekanini hisobga olish kerak.

Ikkinchi omil – mamlakat tashqi siyosati ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama munosabatlarda miqdor va sifat jihatidan yaxshi o‘sish tendensiyasiga ega. Va shunga muvofiq, O‘zbekiston “tinchlik va diplomatiyaning global markazlaridan biri sifatida” o‘z mavqeini izchil va sezilarli darajada mustahkamladi.

Uchinchi omil – XXI asrning zamonaviy muammolari dunyodagi o‘zgaruvchan sharoitlarga yanada faolroq moslashish zaruratini taqozo etmoqda va yangi formatsiya diplomatining yangi qiyofasi paydo bo‘lmoqda. Bu o‘z davlati manfaatlarini samarali himoya qilish va ilgari surish uchun anʼanaviy tajribani innovatsiyalar bilan uyg‘unlashtirgan dinamik mutaxassisdir.

2025-yil O‘zbekiston uchun ajoyib natijalar bilan yakunlandi. Biroq, O‘zbekiston Prezidenti tashqi siyosat idorasi rolining o‘ziga xosligi va ahamiyatini, XXI asrning zamonaviy muammolarini hisobga olgan holda, diplomatik vakolatxonalar oldiga yangi vazifalar qo‘ymoqda va masʼuliyat darajasini oshirmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ham ichki, ham tashqi siyosatda inson huquqlari masalasida tutgan izchil va qatʼiy pozitsiyasini alohida taʼkidlash lozim.

Yangi formatsiya diplomatiyasi O‘zbekiston tomonidan 2017-yildan boshlab so‘nggi 9 yil ichida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Yangi yondashuvlar va yangi formatlar qisqa muddatda Markaziy Osiyodagi barcha murakkab masalalarni hal qilish, ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni Sharqdan G‘arbga va Shimoldan Janubga tomon kengaytirish imkonini berdi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining “C5+1” formatidagi Maslahat uchrashuvlari, oliy darajadagi uchrashuvlar biznes-forumlar o‘tkazish bilan birga olib borildi. Misol uchun, birgina 2025-yildagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar doirasida umumiy qiymati 160 milliard dollarlik investitsiya loyihalari bo‘yicha bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish