Yaponiya Xalqaro hamkorlik banki O'zbekistonda energetika sohasidagi yirik loyihani moliyalashtirishni rejalashtirmoqda
Oktabr 29, 2025. 11:16 • 52 soniya
• 146
TOKIO, 2-noyabr. /"Dunyo" AA/. Yaponiya Xalqaro hamkorlik banki (JBIC) O'zbekistonda quyosh energiyasi ishlab chiqarish va energiyani saqlash tizimlaridan iborat, jami 1000 megavatt quvvatga ega ikki yirik inshoot qurilishini moliyalashtirish maqsadida 1,45 milliard dollarlik moliyalashtirish paketini shakllantiryapti, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yaponiyaning "Nikkei Asia" nashri ma'lumotiga ko'ra, mazkur loyihada Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi asosiy investor sifatida 51 foiz ulush bilan ishtirok etadi. Shuningdek Yaponiyaning "Sumitomo Corp.", "Chubu Electric Power" va "Shikoku Electric Power" kompaniyalari ham hamkor sifatida jalb etilgan.
Moliyalashtirishning asosiy qismi – 635 million AQSh dollar JBIC hissasiga to'g'ri keladi. Yaponiyaning yetakchi xususiy moliya institutlari – "Sumitomo Mitsui Banking Corp.", "Norinchukin Bank" hamda davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanuvchi "Nippon Export and Investment Insurance" (NEXI) sug'urta korporatsiyasi loyiha moliyalashtirilishida ishtirok etmoqda.
Ekspertlar fikricha, O'zbekiston hukumati tomonidan 2030 yilgacha qayta tiklanadigan energiya ulushini 10 foizdan 54 foizga yetkazish rejasi yapon kompaniyalari uchun yangidan-yangi hamkorlik imkoniyatlarini ochib berish imkoniyatini yaratadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi