Logo

Misr OAV: O‘zbekistonning 2025-yil uchun biznes muhiti tahlili eʼlon qilindi

Fevral 20, 2026. 09:13 • 3 daq

43
Misr OAV: O‘zbekistonning 2025-yil uchun biznes muhiti tahlili eʼlon qilindi
Misr OAV: O‘zbekistonning 2025-yil uchun biznes muhiti tahlili eʼlon qilindi
Misr OAV: O‘zbekistonning 2025-yil uchun biznes muhiti tahlili eʼlon qilindi

QOHIRA, 20-fevral. /“Dunyo” AA/. Misrdagi qator nufuzli OAVda O‘zbekistonning 2025-yil uchun biznes muhiti tahlili bo‘yicha maqolalar eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “MENA” AAda berilgan maqolada, yozilishichaO‘zbekistonda yil davomida biznes muhiti ijobiy hududda saqlanib qolgan, yillik o‘rtacha ko‘rsatkich 57 ballni tashkil etgan. Bu O‘zbekistonda umumiy jihatdan qulay biznes muhiti mavjudligini anglatadi.

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan berilgan maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu biznes muhiti tahlili mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar o‘rtasida har oy o‘tkazilgan so‘rovnomalarga asoslangan. To‘plangan maʼlumotlar asosida joriy biznes sharoitlari hamda kelgusi uch oyga mo‘ljallangan kutilmalarni aks ettiruvchi kompozit Biznes muhiti indikatori shakllantirilgan.

2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Kompozit Biznes muhiti indeksi yillik o‘rtacha −100 dan +100 gacha bo‘lgan shkalada 57 ballni tashkil etdi, bu 2024 yilga nisbatan 7 foizga yuqori. O‘sish asosan joriy sharoitlarga berilgan baholarning yaxshilanishi hisobiga taʼminlandi. Joriy biznes sharoitlari indeksi yillik o‘rtacha qiymati 22 foizga oshib, 47 ballga yetdi.

“Sada al-Balad” AAda eʼlon qilingan maqolada O‘zbekistonda kompozit Biznes muhiti dinamikasi bo‘yicha to‘xtalib o‘tilgan. Agentlikda chiqqan materialda taʼkidlanishicha, Kutilmalar indeksi 68 balldan 66 ballgacha biroz pasaygan bo‘lsa-da, nisbatan yuqori darajada saqlanib qolgan. Bu korxonalarda joriy sharoitlarga ijobiy baho berish fonida kelajak istiqbollariga nisbatan maʼlum darajada ehtiyotkorlik saqlanayotganini ko‘rsatadi.

“Yil davomida Kompozit Biznes muhiti indeksi dinamikasi bir maromda kechmadi. Eng yuqori ko‘rsatkich iyun oyida 63 ballni tashkil etgan bo‘lsa, eng past daraja yanvar oyida 52 ball bo‘ldi. Yil mobaynidagi tebranishlar mavsumiy omillar hamda biznesning tez o‘zgarayotgan iqtisodiy sharoitlarga moslashuvini aks ettirdi. Yil yakuniga kelib korxonalar o‘rtasida yuqori darajadagi optimizm saqlanib qoldi. Dekabr oyida Biznes muhiti indeksi 58 ballni tashkil etib, 2024-yil oxiriga nisbatan 2 ballga oshdi”, deya yozilgan maqolada.

“Al-Diplomasi” AAda taʼkidlanishicha, O‘zbekistonda tarmoqlar kesimida 2025-

yilda iqtisodiyotning aksariyat sohalarida biznes muhiti yaxshilandi. Xizmatlar sohasida indeks 58 ballga yetdi (14,7% o‘sish). Qurilish sohasida 57 ball (14,2% o‘sish), sanoatda esa 54 ball (6,8% o‘sish) qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligida indeks deyarli o‘zgarmasdan 56 ball darajasida saqlandi, bu mazkur sohada avval shakllangan baholar barqarorligini ko‘rsatadi.

Hududiy jihatdan respublikadagi 11 ta hududda yillik o‘rtacha Biznes muhiti indeksi o‘tgan yilga nisbatan oshdi. Yetti hududda indeksning yillik o‘rtacha qiymati 57 ballga yetdi.

Eng katta o‘sish Qashqadaryo viloyatida kuzatilib, indeks 27 foizga oshdi. Undan keyin Jizzax viloyati (23% o‘sish) va Xorazm viloyati (17% o‘sish) joylashdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘sish 19 foizni tashkil etdi.

Samarqand viloyatida indeks biroz pasayganiga qaramasdan, yillik o‘rtacha biznes muhiti 51 ball bilan ijobiy hududda saqlandi. Toshkent viloyatida esa ko‘rsatkich 44 ball darajasida o‘zgarishsiz qoldi.

“Al-Xabar al-Yaum” AAda ham maqola chop etildi. Mazkur materialda Narx dinamikasi va talab bo‘yicha biznes kutilmalar bo‘yicha maʼlumotlar berilgan.

Qayd etilishicha, 2025-yilda biznes kutilmalarida inflyatsion va bozor baholari o‘rtacha darajada saqlandi. O‘rtacha hisobda kompaniyalarning 23 foizi yaqin istiqbolda narxlar oshishini kutgan, bu 2024 yilga nisbatan 2 foiz punktga kam.

Yil davomida narxlar oshishini kutgan tadbirkorlar ulushi 18–27 foiz oralig‘ida tebranib turdi. Eng yuqori ko‘rsatkich aprel oyida, eng past daraja sentyabr va dekabr oylarida qayd etildi. Eng yuqori narx kutilmalari qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida kuzatildi, bu tarmoqlarga xos xarajat tuzilmasi hamda mavsumiy va ob-havo omillari taʼsiri bilan izohlanadi.

Shu bilan birga, bozor sharoitlari bo‘yicha baholar nisbatan barqaror qoldi. O‘rtacha 66 foiz tadbirkorlar tovar va xizmatlarga talab oshishini kutgan, 57 foiz kompaniya esa xodimlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirgan. Umuman olganda, natijalar biznes faolligi va bandlik bo‘yicha ijobiy kutilmalar saqlanayotganini, narx dinamikasiga esa nisbatan ehtiyotkor yondashuv mavjudligini ko‘rsatadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish