Logo

Jiddada “Bazar Asya” savdo uyi ochildi

Fevral 23, 2026. 10:15 • 53 soniya

176
Jiddada “Bazar Asya” savdo uyi ochildi
Jiddada “Bazar Asya” savdo uyi ochildi
Jiddada “Bazar Asya” savdo uyi ochildi
Jiddada “Bazar Asya” savdo uyi ochildi

JIDDA, 23-fevral. /“Dunyo” AA/. Jidda shahrida o‘zbek mahsulotlari namoyishi bo‘yicha “Bazar Asya” savdo uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Saudiya Arabistoni bozorlarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu savdo uyi mijozlarga to‘qimachilik mahsulotlari, ayollar kiyimlari hamda kulolchilik mahsulotlarini taklif etdi.

Mazkur savdo uyining ochilishi mamlakatimiz iqtisodiy diplomatiyasining amaliy natijasi va elchixonaning O‘zbekiston eksport salohiyatini oshirish borasidagi izchil ishlarining bir qismi hisoblanadi. Saudiya Arabistoni bozoriga kirish mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochadi va o‘zbek tovarlarini yetkazib berish geografiyasini kengaytirishga yordam beradi.

Kelgusida sotilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, nafaqat Jiddada, balki Saudiya Arabistonining boshqa shaharlarida ham qo‘shimcha chakana savdo nuqtalarini ochish imkoniyati o‘rganilmoqda. Bu esa savdo hajmini oshirish va mintaqada o‘zbek mahsulotlari mavqeini mustahkamlashga ko‘mak beradi.

O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar ushbu savdo uyida o‘z maqsulotlarini namoyish etib, xorijiy ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. Buning uchun ularga yurtimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi (+966573799449 – WhatsApp/Telegram) yaqindan qo‘mak beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish