Logo

"Diplomat Magazine": O'zbekiston parlamenti saylovi milliy qonunchilik talablari va xalqaro demokratik standartlarga muvofiq tarzda o'tkazildi

Noyabr 07, 2024. 13:23 • 56 soniya

324
"Diplomat Magazine": O'zbekiston parlamenti saylovi milliy qonunchilik talablari va xalqaro demokratik standartlarga muvofiq tarzda o'tkazildi

AMSTERDAM, 7-noyabr. /"Dunyo" AA/. Niderlandiyaning yetakchi "Diplomat Magazine" jurnalida O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovi yakunlariga bag'ishlangan maqola e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda shu yil 27-oktabr kuni O'zbekiston parlamenti saylovi milliy qonunchilik qoidalari va xalqaro demokratik standartlarga muvofiq o'tkazilgani qayd etilgan.


Muallif O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasi mamlakat Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga qat'iy amal qilib, saylov jarayonining ochiqligi va adolatligini ta'minlaganini yozgan.


"Barcha talablar bajarildi, xususan, saylov uchastkalari zarur jihozlar, yashirin ovoz berish kabinalari, saylov qutilari bilan jihozlandi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan muntazam ravishda matbuot anjumanlari o'tkazildi, saylov uchastkalarida esa ochiqlik muhiti hukm surdi. Xalqaro kuzatuvchilar transport va tarjimonlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan holda erkin harakatlana olishdi", – deya ta'kidlangan nashrda.


Maqola muallifiga ko'ra, bu saylovlar muhim konstitutsiyaviy o'zgarishlar va yana-da modernizatsiya va demokratlashtirishga qaratilgan islohotlarning ikkinchi bosqichi boshlanganidan keyin mamlakat uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.


"Diplomat Magazine"da e'lon qilingan maqola oxirida, "O'zbek xalqi, albatta, har tomonlama taraqqiy etgan Yangi O'zbekistonni barpo etish salohiyatiga ega", – deb yozilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish