Logo

Qirg'iz OAVda O'zbekiston Prezidenti tashabbuslariga bag'ishlangan maqola chop etdi

Noyabr 18, 2025. 09:21 • 53 soniya

79
Qirg'iz OAVda O'zbekiston Prezidenti tashabbuslariga bag'ishlangan maqola chop etdi

BISHKEK, 17-noyabr /"Dunyo" AA/. Qirg'izistonning "Kaktus.media" nashrida "Mirziyoyev Markaziy Osiyo iqtisodiyoti va qo'shma investitsiyalar salohiyatini ta'rifladi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo AA" muxbiri.

Materialda O'zbekiston yetakchisining "Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida" nomli maqolasida ilgari surilgan tashabbuslar haqida fikr bildirilgan. Xususan, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda barqaror iqtisodiy tiklanish kuzatilayotganini qayd etgan. So'nggi sakkiz yilda mintaqa davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 2,5 barobar o'sib, o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 11 milliard dollarni tashkil qilgan.

Nashrda yozilishicha, mintaqa davlatlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi o'sish nuqtasiga aylanib, investitsiya fondlari tashkil etilib, sanoat kooperatsiyasi va kichik biznes rivojlanmoqda.

Shuningdek, maqolada Markaziy Osiyo raqobat muhitidan kooperatsiyaga o'tayotgani va bu mazkur mintaqa iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantirayotgani ijobiy sifatlangan. Bunday hamkorlik yondashuvi mintaqani investorlar uchun jozibali ko'rsatishi ta'kidlangan.

"Iqtisodiy muvaffaqiyatga siyosiy barqarorlik va davlatlar o'rtasidagi o'zaro ishonchli aloqalarsiz erishib bo'lmaydi. Aynan shunday ishonch va hamjig'atlik yangi mintaqaviy rivojlanish modelining asosi bo'lib xizmat qiladi". – deb fikr bildirgan "Kaktus.media" nashri.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish