Logo

Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi

Dekabr 09, 2025. 09:31 • 46 soniya

180
 Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi

SANKT-PETERBURG, 9 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Migratsiya agentligining vakolatxonasi, Sankt-Peterburg Advokatlar palatasi, “Sankt-Peterburg” xalqaro advokatlar hayʼati hamda Qirg‘iziston Bosh konsulxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yurtimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan imzolangan ushbu hujjatga ko‘ra, Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish nazarda tutilgan.

Mazkur memorandumda Rossiya qonunchiligi bo‘yicha birlamchi bepul yuridik maslahatlar tashkil etish, malakali yuridik yordam ko‘rsatish, sudlar, huquqni muhofaza qilish idoralari, migratsiya va boshqa davlat organlarida fuqarolar manfaatini himoya qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, mehnat migrantlari huquqlariga daxldor masalalar bo‘yicha bepul maʼruza va seminarlar o‘tkazish, maʼlumotnoma, tahliliy va uslubiy materiallar almashish belgilangan.

Sankt-Peterburg Advokatlar palatasi prezidenti Vyacheslav Tenishev bunday turdagi uch tomonlama memorandumlar Rossiyada birinchi marta imzolanayotgani va bu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanayotganining ramzi ekanini taʼkidladi.

“Sankt-Peterburg” xalqaro advokatlar kollegiyasi prezidenti Aleksey Belkin peterburglik advokatlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolariga malakali yordam ko‘rsatish uchun yetarli tajriba va resurslarga ega ekaniga ishonch bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish