Logo

Qozog'iston OAV: O'zbekistonda so'z erkinligini ta'minlash va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda

Noyabr 24, 2024. 13:51 • 2 daq

116
Qozog'iston OAV: O'zbekistonda so'z erkinligini ta'minlash va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda

OSTONA, 25-noyabr. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning "Infozakon" nashrida "Ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi – O'zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning garovidir" sarlavhali maqola e'lon qildi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekistonda so'z va axborot erkinligini ta'minlash bo'yicha mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgani qayd etilgan. Ma'lum qilinishicha, so'z erkinligi va ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyatini ta'minlashning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda 10 dan ortiq qonun qabul qilindi.

Qayd etilishicha, yangilangan Konstitutsiya so'z erkinligini ta'minlash yo'lidagi eng muhim qadam bo'ldi. Bu ommaviy axborot vositalari erkinligini, ularning axborot olish, undan foydalanish va tarqatish huquqini amalga oshirishini qat'iy kafolatlaydi.

"O'zbekiston – 2030" strategiyasida ommaviy axborot vositalarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, ularning kasbiy faoliyatiga to'sqinlik qilganlik uchun mas'uliyatni oshirish ko'zda tutilgan fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatish huquqlarini amalga oshirish", – deyilgan maqolada.

Nashrda ma'lum qilishicha, Strategiyaning ustuvor maqsadlaridan kelib chiqib, ommaviy axborot vositalarining qonuniy faoliyatiga aralashganlik yoki to'sqinlik qilganlik uchun ma'muriy javobgarlikni belgilashga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

"O'zbekistonda ommaviy axborot vositalari xodimlariga davlat tomonidan ko'rsatilayotgan ko'mak alohida e'tiborga loyiqdir. Masalan bir yildan ortiq vaqt davomida ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar va tahririyat xodimlarining xorijiy tillarni o'rganish xarajatlarining 50 foizi qoplab berildi. Shuningdek, o'nlab jurnalistlar malakasini oshirish, ommaviy axborot vositalarining nufuzli tadbirlarida ishtirok etish uchun davlat hisobidan xorijiy mamlakatlarga yuborildi", – deyiladi maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish