Vashingtonda O'zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan o'zbek san'at ustalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi
Sentabr 14, 2024. 13:06 • 2 daq
• 94
VASHINGTON, 14-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlari doirasida mamlakatimizning AQShdagi elchixonasi ko'magida Jorj Vashington universiteti qoshidagi Elliott xalqaro munosabatlar maktabida taniqli o'zbek san'at ustalari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Madaniy tadbirda o'zbek diasporasi vakillari, AQSh vazirlik va idoralari, xorijiy diplomatlar, fan va madaniyat arboblari, Jorj Vashington universiteti talabalari va o'qituvchilari, shuningdek, Markaziy Osiyo madaniyatiga qiziquvchi poytaxt aholisi qatnashdi.
Konsert dasturida o'zbek musiqa madaniyatining boyligi va rang-barangligi o'z ifodasini topdi. O'zbekiston xalq artistlari Jenisbek Piyazov, Elmurod Ahmedov, Furqatbek Ashiraliyev tomonidan ijro etilgan qo'shiqlar va sozanda Donyorjon Yunusovning nayda chalgan kuylari tadbirga bayramona shukuh bag'ishladi.
Konsert dasturidan so'ng O'zbekiston san'at ustalari va tomoshabinlar o'rtasida ochiq suhbat tashkil etildi. Unda tomoshabinlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga taniqli qo'shiqchilarimizdan batafsil javob olishdi. Shuningdek, ijro etilgan o'zbek va jahon operasi asarlarining ahamiyati, O'zbekiston madaniy merosi haqida so'z yuritildi.
Eslatib o'tamiz, Jorj Vashington universiteti qoshidagi Elliott xalqaro munosabatlar maktabi 1898-yilda tashkil etilgan. Xalqaro maktab AQShning diplomatiya, xalqaro siyosat va global tadqiqotlar yo'nalishlari bo'yicha dasturlarini taklif etuvchi yetakchi bilim dargohlaridan biri hisoblanadi. Maktab Amerika diplomatiyasining bo'lajak yetakchilarini tayyorlashda muhim rol o'ynaydi. Uning bitiruvchilari turli xalqaro tashkilotlarda, jumladan, BMT, XVF, Jahon bankida ishlaydi, shuningdek, davlat organlari va nodavlat tashkilotlarida yuqori lavozimlarni egallaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Abu-Dabi shahrida O'zbekiston mustaqilligining o'ttiz uch yilligi keng shodiyona qilindi
O'zbekiston mustaqilligining o'ttiz uch yilligi Yaponiya poytaxtida keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston davlat mustaqilligining 33 yilligi keng nishonlandi