Abu-Dabi shahrida O'zbekiston mustaqilligining o'ttiz uch yilligi keng shodiyona qilindi
Oktabr 06, 2024. 14:39 • 53 soniya
• 2539
ABU-DABI, 6-oktabr. /"Dunyo" AA/. Abu-Dabi shahrida O'zbekiston mustaqilligining o'ttiz uch yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekiston elchixonasi, Dubaydagi Bosh konsulxona va faol vatandoshlar hamkorligida tashkil etilgan bayram tadbirida Amirliklar tomonidan Adliya vaziri Abdulla bin Sultan bin Avad Al Nuaymi rasmiy mehmon sifatida qatnashdi. Shuningdek, tadbirda BAA vazirlik va idoralari, diplomatik korpus, hamkor tashkilotlar rahbarlari hamda vatandoshlar ishtirok etdi.
Bayram tadbiri boshlanishi oldidan O'zbekiston va BAA davlat madhiyalari ijro etildi.
Elchi Abdulaziz Aqqulov o'z tabrik nutqida, mustaqillik yillarida, ayniqsa, so'nggi yetti yilda Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli demokratik, huquqiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar xususida so'zlab berdi. Shuningdek, O'zbekiston va BAA o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning har qachongidan jadal va samarali rivojlanayotgani urg'ulandi.
O'zbekistondan tashrif buyurgan taniqli san'at ustalari Shuhrat Vohidov, O'ktam Hakimov va Shuhrat Daryo ijrosidagi o'zbek milliy va zamonaviy kuy-qo'shiqlar yig'ilganlarga bayramona kayfiyat bag'ishladi.
Tadbir davomida mamlakatimiz turizm salohiyatiga oid videoroliklar namoyish etildi, milliy qadriyatlarimizni aks ettirgan taqdimot materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari ko'rgazma tashkil etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining o'ttiz uch yilligi Yaponiya poytaxtida keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston davlat mustaqilligining 33 yilligi keng nishonlandi
O'zbekiston mustaqilligining o'ttiz uch yilligi Qirg'izistonning O'sh shahrida tantana qilindi