Logo

Parijdan tabrik: O'zbekistonning madaniy diplomatiya, ta'lim sohasidagi islohotlari va global hamkorlikdagi yetakchi roli xalqaro miqyosda e'tirof etilmoqda

Avgust 26, 2025. 11:53 • 2 daq

93
Parijdan tabrik: O'zbekistonning madaniy diplomatiya, ta'lim sohasidagi islohotlari va global hamkorlikdagi yetakchi roli xalqaro miqyosda e'tirof etilmoqda

PARIJ, 26-avgust. /"Dunyo" AA/. YUNESKO bosh direktorining birinchi o'rinbosari Sin Syuy "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga o'zining bayram qutlovlarini yo'lladi:

– 1-sentabr – O'zbekiston mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan YUNESKO bosh direktori nomidan O'zbekiston xalqiga samimiy tabriklar va ezgu tilaklarni yo'llayman.

Bu yil O'zbekiston uchun ham, YUNESKO uchun ham tarixiy yil bo'ladi, chunki tashkilot Bosh konferensiya 1985 yildan beri birinchi marta Parijdan tashqarida o'tkaziladi.

Ushbu muhim tadbirni Samarqand shahrida o'tkazish to'g'risidagi qaror O'zbekistonning madaniy diplomatiya, ta'lim sohasidagi islohotlar va global hamkorlikdagi yetakchi rolining xalqaro miqyosda e'tirof etilishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Shuningdek, Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi oldidan shu yil 27-28-oktabr kunlari Samarqand shahrida YUNESKOning 14-Yoshlar forumini o'tkazish taklifi uchun O'zbekistondan minnatdormiz. Ushbu forum iqlim o'zgarishining ijtimoiy oqibatlarini va iqlimga adolatli o'tish zarurligini muhokama qilish uchun muhim platforma bo'lib, ayniqsa yoshlarga e'tibor beradi.

O'zbekistonning YUNESKO missiyasiga sodiqligi Prezident Shavkat Mirziyoyev va YUNESKO bosh direktori o'rtasida 2025-yil 12-mart kuni Parijda bo'lib o'tgan uchrashuvda O'zbekistonning tinchlik, bilim va barqaror rivojlanish tarafdori ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.

Shuningdek, hukumatingiz tashabbusi bilan Rubob yasash va chalish san'atining 2024-yil oxirida YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga kiritilgani bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.

YUNESKO O'zbekistonning doimiy qo'llab-quvvatlashini yuksak qadrlaydi va kelgusida yanada faol hamda samarali hamkorlikka umid qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish