Minskda O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tantanali qabul marosimi bo'lib o'tdi
Oktabr 08, 2025. 10:22 • 2 daq
• 74
MINSK, 14-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Belarus poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tantanali qabul marosimi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Belarus vazirlik va idoralari, Minskda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus, yetakchi kompaniyalar rahbarlari hamda faol vatandoshlar ishtirok etdi.
Tadbirning faxriy mehmoni sifatida Belarus Bosh vaziri o'rinbosari Yuriy Shuleyko qatnashdi.
So'zga chiqqanlar O'zbekistonning mustaqillik yillarida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishgan yutuqlarini yuksak baholadilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy sohalarda chinakam tarixiy o'zgarishlar yuz berayotgani alohida ta'kidlandi. O'zbekistonning xalqaro maydondagi siyosiy roli va maqomi sezilarli darajada oshgani, mamlakatimiz bilan hamkorlikka bo'lgan ishonch va intilish mustahkamlangani qayd etildi.
Belarus Bosh vaziri o'rinbosari Yuriy Shuleyko o'z navbatida, mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hurmat, ishonch va doimiy qo'llab-quvvatlashga asoslanganini aytib o'tdi. "Belarus va O'zbekistonni mustahkam do'stlik rishtalari bog'lab turadi. Ikki davlat prezidentlarining sa'y-harakatlari tufayli o'zaro hamkorlik deyarli barcha yo'nalishlarda yuqori darajaga ko'tarildi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik faol rivojlanmoqda, ikki mamlakat shaharlari va hududlari o'rtasidagi bevosita aloqalar kengaymoqda", deya qayd etdi u.
Qabul marosimining madaniy qismida konsert dasturi tashkil etildi hamda o'zbek va belaruslik dizaynerlar ishtirokida liboslar namoyishi tashkil etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi
Polshadagi vatandoshlar O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligini nishonladilar