Logo

Xan Ilxan: O'zbekiston tog'-kon sanoatida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda

Iyun 26, 2025. 09:14 • 2 daq

90
Xan Ilxan: O'zbekiston tog'-kon sanoatida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) boshqaruv raisining maslahatchisi Xan Ilxan (Turkiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida 24-25-iyun kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan "MINEX Central Asia 2025" forumining ahamiyati haqidagi fikrini bildirdi:

– "MINEX" 20 yildan ziyoddirki Markaziy Osiyo mintaqasining turli mamlakatlarida tog'-kon mavzusiga bag'ishlangan konferensiyalar va forumlarni o'tkazib keladi.

O'zbekiston – tog'-kon sanoati uchun muhim yo'nalish. "Navoi Gold" kompaniyasiga nazar tashlasak, oltin qazib olish hajmi haqiqatan ham yuqori darajada. "Navoiyuran" davlat korxonasi jahon uran qazib olishining 7 foizini ta'minlaydi. Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati esa dunyodagi eng yirik mis ishlab chiqaruvchilari o'ntaligiga kiradi.

Endi bizda kritik minerallar bilan shug'ullanadigan TMK bor va menimcha, aktivlar hamda loyiha bazasi bo'yicha bu kombinatning, ehtimol, dominant jahon yetkazib beruvchilardan tashqari, boshqa o'xshashi bo'lmasa kerak. Aynan shuning uchun biz O'zbekistonni ushbu muhim uchrashuvlar o'tkaziladigan joylardan biri sifatida tanladik.

Kritik minerallar haqida gap ketganda, ko'p narsa yer osti qatlamlarining o'rganilganlik darajasiga, qidirilgan resurslar va zaxiralar hajmiga bog'liq. Shu ma'noda O'zbekiston omadli – TMK aktivlarida 25 xil turdagi xomashyoni qamrab oluvchi 70 dan ortiq loyiha mavjud. Bu konlar sobiq sovet davridan beri o'rganib kelinmoqda, shuning uchun katta ma'lumotlar bazasi shakllantirilgan .

Ha, u har doim ham xalqaro standartlarga mos kelavermaydi, ammo ma'lumotlar bor. Hozir biz ushbu ma'lumotlarni xalqaro standartlar formatiga o'tkazish bilan shug'ullanyapmiz, toki O'zbekistonning kritik minerallarini imkon qadar tezroq va eng muhimi, mas'uliyat bilan global ta'minot zanjiriga kiritaylik.

O'zbekiston haqiqatan ham ulkan transformatsiyani boshdan kechirmoqda. Islohotlar ayniqsa so'ngi yetti yilda izchil tus oldi. Maqsad mamlakatga ko'proq investitsiyalarni jalb qilish. Biz ham bu jarayonning bir qismi bo'lishdan mamnunmiz.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish