Logo

Toshkent xalqaro investitsiya forumi yuqori darajadagi tashkilotchilik va investorlar ishonchini namoyon qilmoqda

Iyun 12, 2025. 17:21 • 2 daq

43
Toshkent xalqaro investitsiya forumi yuqori darajadagi tashkilotchilik va investorlar ishonchini namoyon qilmoqda

TOSHKENT, 13-iyun. /"Dunyo" AA/. "Penki Kontinentai Group" xalqaro korporatsiyasi boshqaruvi raisi Idrakas Dadasovas "Dunyo" AA uchun intervyusida poytaxtimizda 9-12-iyun kunlari bo'lib o'tgan to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Men forumda birinchi marta ishtirok etmayapman va har safar bu tadbir qay darajada aniq va professional tashkil etilganiga yana bir bor amin bo'lyapman. Bu oddiy forum emas – bu puxta tayyorgarlik asosida o'tkazilayotgan jiddiy xalqaro tadbirdir. Butun dunyodan shunchalik band va ta'sirli shaxslarni bir joyga jamlashning o'zi O'zbekistondagi investitsiya muhiti va unga bo'lgan yuqori ishonchni ko'rsatadi.

Men davlat tuzilmalarida raqamli ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha yechimlar qanday tezlikda joriy etilayotganini ko'ryapman. Bu esa davlat darajasida chuqur strategik ish olib borilayotganini anglatadi. Prezidentning modernizatsiya va raqamlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratayotgani O'zbekiston uzoq muddatli va puxta o'ylangan rivojlanish strategiyasini shakllantirayotganidan dalolat beradi.

Bugun O'zbekistonda infratuzilmani mustahkamlashga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Qonunchilik qanday o'zgaryapti – buni ham ko'ryapman. Eng muhimi, bu o'zgarishlar byurokratik to'siqlarsiz, samarali va dinamik tarzda olib borilmoqda. Biznes vakillari uchun bu juda muhim.

Toshkentga tez-tez tashrif buyuraman. Bu serquyosh, mehmondo'st va chiroyli shahar. Har safar bu yerga qaytish men uchun yoqimli.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish