O'zbekiston ASEANning Janubi-Sharqiy Osiyoda do'stlik va hamkorlik shartnomasiga qo'shiladi
Noyabr 24, 2025. 14:26 • 53 soniya
• 545
KUALA LUMPUR, 20-noyabr. /"Dunyo" AA/. Malayziyada o'tkazilgan uchrashuvda O'zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN)ning Janubi–Sharqiy Osiyoda do'stlik va hamkorlik shartnomasiga qo'shilish bo'yicha arizasi ma'qullandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari tomonidan O'zbekistonning ASEANning Janubi–Sharqiy Osiyoda do'stlik va hamkorlik shartnomasiga qo'shilish tashabbusi ilgari surilgan edi.
Qariyb bir yillik tayyorgarlik jarayonlari va muzokaralardan so'ng, Kuala Lumpur shahrida Malayziya raisligida bo'lib o'tgan ASEAN Tashqi ishlar vazirlarining yig'ilishida tashkilotga a'zo barcha davlatlar O'zbekistonning ushbu shartnomaga qo'shilish bo'yicha arizasini ma'qulladi.
Janubi-Sharqiy Osiyoda do'stlik va hamkorlik shartnomasi 1976-yil 24-fevralida Indoneziyaning Bali shahrida imzolangan bo'lib, ASEAN mintaqasidagi o'zaro hamkorlikning asosiy tamoyillarini belgilab beruvchi muhim hujjat, deb tan olinadi.
O'z navbatida, ASEAN mintaqasi Janubi-Sharqiy Osiyoning 11 davlatini o'z ichiga olgan va 700 million nfaraga yaqin aholiga ega bo'lgan yirik bozor hisoblanadi.
O'zbekistonning mazkur shartnomaga qo'shilishi mamlakatimiz uchun ushbu mintaqada yangi imkoniyatlarni ochadi. Bunda, nafaqat davlat va davlat o'rtasidagi G2G hamkorlik, balki savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning yanada faollashishiga, yirik xorijiy korxonalarning ishonchi ortishiga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi