Logo

O'zbekiston stendi Seul shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon yoshlar festivali mehmonlarida katta qiziqish uyg'otdi

Noyabr 03, 2025. 18:30 • 41 soniya

210
O'zbekiston stendi Seul shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon yoshlar festivali mehmonlarida katta qiziqish uyg'otdi

SEUL, 3-noyabr. /"Dunyo" AA/. Seul shahridagi Janubiy Koreya milliy muzeyida Butunjahon yoshlar festivali o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tadbirda 20 dan ortiq davlatdan kelgan va 200 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

O'zbekiston elchixonasi tomonidan Farg'ona viloyati hokimligi ko'magida taqdim etilgan stend mehmonlarda katta qiziqish uyg'otdi. Undagi keng rang-baranglik, an'anaviy naqshlar va nafis qirralar bilan bezatilgan yurtimiz hunarmandchilik mahsulotlari maydonni milliy ruh bilan to'ldirdi.

Shuningdek, mazkur tadbir ishtirokchilarga yurtimizning turli hududlaridagi an'anaviy milliy xalq o'yinlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini taqdim etdi.

Festival yakunida eng faol ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.

Ushbu festival butun dunyo yoshlari birlashuvi va madaniy almashinuvning ramziga aylanib, O'zbekiston, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlar o'rtasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini ochdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish