Logo

Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi

Noyabr 04, 2024. 12:21 • 31 soniya

456
Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi

LONDON, 4-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Qashqadaryo viloyati hokimining investitsiyalar va eksport masalalari bo'yicha yangi tayinlangan maslahatchisi – Britaniyaning "Room Seven Capital Partners" kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Peter Margetts bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida Qashqadaryo viloyatiga xorijiy investitsiyalarni va kompaniyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.


Muzokaralar yakunida joriy yil 4 noyabr kuni Britaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.


Tashrif davomida Britaniya delegatsiyasi O'zbekistonning vazirlik va idoralarida hamda Toshkent, Qarshi va Termiz shaharlarida B2B formatida bir qator uchrashuvlar o'tkazadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish