O'zbekiston Fanlar akademiyasi ANSOning Boshqaruv kengashiga saylandi
Noyabr 05, 2025. 15:56 • 45 soniya
• 233
PEKIN, 5-noyabr. /"Dunyo" AA/. Pekin shahrida bo'lib o'tgan Xalqaro ilmiy tashkilotlar alyansining (ANSO) IV Bosh assambleyasida O'zbekiston Fanlar akademiyasi mazkur tashkilotning oliy boshqaruv organi tarkibiga saylandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Fanlar akademiyasining ANSO – Xalqaro ilmiy tashkilotlar alyansi Boshqaruv kengashiga saylanishi mamlakatimiz ilm-fanining xalqaro maydondagi mavqei va nufuzliga berilgan yuksak baho bo'ldi.
– Bu xalqaro e'tirof mamlakatimizning barqaror rivojlanishi, ilmiy bilim almashish va yosh tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlash sohasidagi tashabbuslariga bo'lgan ishonchni ifodalaydi, – deydi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Sirojiddin Mirzayev. – O'zbekiston bunday e'tirofdan keyin yanada faollashib, kelgusida ham ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirish va barqaror kelajak yo'lida ilmiy-texnologik hamjihatlikni chuqurlashtirishga harakat qiladi.
2018 yilda Xitoy Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro ilmiy tashkilotlar alyansi Osiyo, Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining 90 dan ziyod yetakchi ilmiy muassasalarini birlashtiradi. Bugungi kunda ushbu tashkilot ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish, innovatsiyalar va ilm-fan orqali jahon hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan keng ko'lamli dasturlarni amalga oshirib kelmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi