Janubiy Koreyadagi xorijliklar soni rekord darajaga yetdi
Iyul 28, 2025. 17:25 • 39 soniya
• 117
SEUL, 28-iyul. /"Dunyo" AA/. Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan xorijliklar va chet el fuqaroligiga ega etnik koreyslar soni rekord darajaga yetdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"The Korea Times" nashri ma'lumotiga ko'ra, 2025-yil iyul oyi oxiriga kelib xorijiy mamlakatlar fuqarolarining umumiy soni 2,73 million kishiga yetgan, ularning har uchinchisi xitoylikdir.
Taqqoslash uchun "COVID‑19" pandemiyasigacha bo'lgan davrda xorijlik rezidentlar soni 2,52 million kishini tashkil qilgan bo'lsa, 2021-yilda ularning soni 1,96 millionga kamaygan. 2024-yil oxiriga kelib bu ko'rsatkich 2,65 millionga ko'tarilib, o'sha paytda yangi rekordni qayd etdi.
Xususan, Janubiy Koreyada yashash bo'yicha Xitoy fuqarolari yetakchilik qilmoqda (972176 kishi). Ulardan keyingi o'rinlarda vyetnamliklar (341125 kishi), amerikaliklar (196664 kishi) va taylar (173710 kishi) joylashgan. O'zbek diasporasi esa 98458 kishini tashkil qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi