Afg'onistonda codir bo'lgan dahshatli zilzila oqibatida vafot etganlar soni 2 mingdan oshdi
Sentabr 05, 2025. 12:44 • 42 soniya
• 59
TOSHKENT, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. Afg'onistonda sodir bo'lgan so'nggi yillardagi eng kuchli zilzila oqibatida halok bo'lganlar soni 2205 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Baxtar" axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, vafot etganlarning asosiy qismi tog'li Kunar viloyati aholisi hisoblanadi. Ushbu hududda, shuningdek, 3640 kishi jarohat olgan.
Afg'oniston rasmiy vakilining o'rinbosari mulla Hamdulla Fitratning aytishicha, qutqaruv ishlari davom etmoqda, turli hududlarda odamlar uchun chodirlar o'rnatilgan va birinchi shoshilinch yordamni yetkazib berish uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. U, shuningdek, ba'zi davlatlar gumanitar yordam va professional qutqaruv brigadalarini operatsiyalarda ishtirok etish uchun yuborgan. Zilziladan katta talafot ko'rgan hududlarga olib boruvchi yo'llar harakatlanish uchun qayta ochilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Afg'oniston rahbariyatiga hamdardlik bildirib, ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etishda mumkin bo'lgan yordamni ko'rsatishga tayyorligini ma'lum qilgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi