O'zbekistonning birinchi elchisi Kuba Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Noyabr 21, 2024. 11:45 • 2 daq
• 1918
GAVANA, 21-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi Ulug'bek Lapasov (qarorgohi Nyu-York shahrida) Kuba Prezidenti Migel Mario Dias-Kanel Bermudesga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tantanali marosimdan so'ng bo'lib o'tgan qisqa suhbatda Prezident Migel Bermudes Kuba O'zbekiston bilan do'stlik, o'zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlarni qadrlashini ta'kidladi.
Shuningdek, u Kuba hukumatining rasmiy Toshkent bilan siyosiy muloqotni faollashtirish va ko'p qirrali hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligi bildirdi.
Kuba Prezidenti savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, sog'liqni saqlash va turizm jabhalarida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ulkan salohiyat va foydalanilmagan salohiyat mavjudligini ta'kidladi.
Uchrashuv so'ngida Migel Bermudes O'zbekiston Prezidentiga hurmat va ezgu tilaklarni yetkazdi.
Elchi Ulug'bek Lapasov Gavanaga tashrifi davomida Kuba milliy qahramoni Xose Marti haykali poyiga gul qo'ydi. Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi, Parlament, Sog'liqni saqlash vazirligi, "BioKubaFarma" biotexnologiyalar va farmatsevtika sanoati guruhi bilan uchrashuv hamda muzokaralar o'tkazdi.
O'zbekiston va Kuba o'rtasida diplomatik munosabatlar 2006-yil 13-martda o'rnatilgan. Ulug'bek Lapasov esa O'zbekistonning Kubadagi 18 yildagi birinchi elchisidir.
Eslatib o'tamiz, u 2023-yil 3 avgustda O'zbekistonning BMTdagi Doimiy vakili etib tayinlangan edi.
Ulug'bek Lapasov 42 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, shuningdek, bir qator xorijiy universitetlar dasturlarini tamomlagan. Tashqi ishlar vazirligi tizimida stajyor sifatida ish boshlagan, markaziy apparatda va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda mehnat faoliyatini olib borgan. 2016-yildan beri maslahatchi, muvaqqat ishlar vakili, BMTning Jenevadagi vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili, elchi lavozimlarida ishlagan. Fransuz, ingliz, rus tillarida so'zlasha oladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi