Sanae Takaiti Yaponiya tarixida Bosh vazir lavozimini egallagan birinchi ayol bo'ldi
Oktabr 21, 2025. 13:32 • 40 soniya
• 32
TOSHKENT, 21-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Yaponiya parlamenti yaqinda hukmron Liberal-demokratik partiya rahbari sifatida saylangan Sanae Takaitini mamlakatning yangi Bosh vaziri etib tasdiqladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"RIA Novosti" ma'lumotiga ko'ra, uning nomzodini deputatlarning aksariyati qo'llab-quvvatladi. Shu tariqa, Sanae Takaiti Yaponiya tarixida bu lavozimni egallagan birinchi ayol bo'ldi.
Uning eng muhim vazifalaridan biri yangi vazirlar mahkamasini shakllantirishdir. Sanae Takaitining ta'kidlashicha, u mamlakat oldida turgan iqtisodiy inqiroz, kadrlar yetishmovchiligi, siyosiy ishonchni tiklash kabi ustuvor masalalarni hal qilishga e'tibor qaratadi.
Sanae Takaichi 1961-yilda Nara shahrida tug'ilgan. Siyosatchi Kobe universiteti hamda Matsushita davlat boshqaruvi va menejment institutini tamomlagan. 1993-yilda u mustaqil nomzod sifatida vakillar palatasiga saylangan. 1996-yilda Liberal-demokratik partiyaga qo'shildi. 2025-yilning 4-oktyabr kuni esa ushbu partiya raisligiga saylandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi